Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunchilikdagi yangiliklar


Har yili 500 nafargacha nogironligi boʻlgan yoshlarga subsidiya ajratiladi

 

“Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 21.12.2021-y.) qabul qilindi.

 

 Qarorga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida subsidiya beriladi.

 

 2022-yil 1-martdan:

 

 bolalikdan nogiron boʻlgan shaxslar va I va II guruh nogironlari daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi;

 

 2024-yil 1-martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq Davlat byudjetidan toʻliq qaytarib beriladi.

 

 Endilikda davlat buyurtmachilari nogironlar jamoat birlashmalari bilan ularning mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishi mumkin.

 

 Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

 

● axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillarni oʻrgatish;

● tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.

 

 “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan 2022-yildan har yili tanlov asosida 20 nafargacha nogiron yoshlar xorijiy OTMda, onlayn kurslarda taʼlim olishi tashkil etiladi.