Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunchilikdagi yangiliklar


DXMda nogironligi boʻlgan shaxslarga mos keluvchi lavozimlarda ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratiladi

 

Qarorga (https://t.me/toshkentviladliya/2887) koʻra, 2022-yil 1-martgacha har bir hududda bittadan DXMda nogironlarning ularga mos keluvchi lavozimlarda (operator, konsultant, inspektor va boshqalar) ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

 

 2022-yil 1-sentyabrgacha mazkur amaliyot barcha DXMda joriy qilinadi.

 

 2022-yil 1-iyuldan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironlarni qoʻllab-quvvatlovchi NTTlarga BHMning 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma mablagʻlari ajratiladi.

 

 2022-yildan nogironlarni kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha grant miqdori kamida 2 baravarga oshiriladi.

 

 Nogironlar hayotini yaxshilashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy loyihalarni ragʻbatlantirib borish maqsadida 2022-yildan quyidagi nominatsiyalar boʻyicha respublika tanlovlari tashkil etiladi:

 

 Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi ijtimoiy loyiha”;

 Savdo-sanoat palatasi tomonidan – “Eng yaxshi tadbirkor”;

 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi talaba”;

 Turizm va sport vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi sportchi”;

 Madaniyat vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi kitobxon”;

 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan – “Eng yaxshi ish beruvchi”.

 

 Tanlov natijalari har yili “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” arafasida eʼlon qilinadi hamda gʻoliblarga BHMning 100 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.