Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Qonunchilikdagi yangiliklar


Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida xalqaro markaz tashkil etildi

 

“Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida islohotlarni tadqiq qilish, strategik rejalashtirish hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–58-son, 22.12.2021-y.) qabul qilindi.

 

 Qaror bilan Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tashkil etildi.

 

 Markazning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish hisoblanadi.

 

 Qarorga koʻra, 2022-2023-yillarda bogʻ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish boʻyicha koʻrgazmali dala maydonlari tashkil qilinadi.

 

 Markaz davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshirilayotgan va yakunlangan loyihalar boʻyicha oʻzlashtirilgan mablagʻlar hamda erishilgan natijalarga oid maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib boradi.