Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Qonunchilikdagi yangiliklar


Pilla yetishtiruvchilarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (773-son, 24.12.2021-y.) bilan Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

 

Nizomga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha pillaning har kilogrammi uchun 5 ming soʻm subsidiya beriladi.

 

 Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan har yili 20-iyulgacha respublikadagi pilla yetishtirish prognozlari ishlab chiqilib Moliya vazirligiga beriladi.

 

 Moliya vazirligi prognoz asosida byudjetdan subsidiya ajratib Qoʻmitaga 1-fevralgacha oʻtkazib beradi.

 

 Pillachilik klasterlari va tashkilotlari “Agropilla” MCHJlar bilan subsidiya oluvchilar roʻyxatini shakllantiradi va 25-fevralgacha Agentlikning hududiy boshqarmasiga beradi.

 

 Hududiy boshqarma roʻyxatni umumlashtirib 1-martgacha Qoʻmitaga yuboradi.

 

 Qoʻmita 10-aprelgacha pullarni subsidiya oluvchilarga berish uchun maxsus hisobvaraqlarga oʻtkazadi.

 

 Pillachilik klasterlari va tashkilotlari subsidiya oluvchilarga pullarni kartaga yoki bankdagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.