Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qonunchilikdagi yangiliklar


Ayrim davlat OTM toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini mustaqil belgilaydi

 

“Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–61-son, 24.12.2021-y.) qabul qilindi.

 

 Qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM roʻyxati (35 ta) tasdiqlandi.

 

 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022-yil 1-yanvardan quyidagilar boʻyicha mustaqil qaror qabul qiladi:

 

 kontrakt qiymatini, toʻlash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

 mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;

 oʻz hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;

 xorijiyan oʻquv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish;

 boʻsh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash;

 avtotransport vositalarining yoʻl bosish yillik limiti va ularga xizmat koʻrsatish talablarini belgilash.

 

 Shuningdek qarorga koʻra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.