Янгиликлар
Qonunchilikdagi yangiliklar
Barcha davlat OTMlarning oʻquv adabiyotlari toʻliq elektronlashtiriladi
“Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–60-son, 24.12.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:
akademik mustaqillik sohasida:
➖ oʻquv rejalari, dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash, taʼlim shaklini belgilash;
➖ oʻqish davomiyligi muddatini belgilash;
➖ doktorantura kontrakti miqdorini belgilash, oʻz hisobidan grant ajratib doktoranturaga kvotaga qoʻshimcha qabul qilish;
➖ doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
➖ magistratura uchun sirtqi, masofaviy va kechki taʼlimni joriy etish;
➖ akademik mobillikni amalga oshirish;
➖ oʻz grifi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
➖ taʼlim sifatini ichki nazorat qilish.
tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:
tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
muassasa tuzilmasini tasdiqlash va shtatini belgilash;
yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagilarini tugatish;
ishga qabul qilish, ozod etish va rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;
masofaviy taʼlimni ochish.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi, vazirlik (idora)larning quyidagi vakolatlari taʼlim muassasalariga oʻtkaziladi:
● chet el fuqarolari oʻqishini xorijdan davlat OTMlariga koʻchirish;
● qabul komissiyalari tarkibi, imtihon fanlarini tasdiqlash;
● amaliyot oʻtashni tasdiqlash;
● kiyim-boshga doir talablarni belgilash.
2022-yil yakunigacha barcha davlat OTMlarning oʻquv adabiyotlari toʻliq elektronlashtiriladi va yagona “Elektron kutubxona” platformasi ishga tushiriladi.
OTMlarda hisobotlarni tayyorlashning qogʻoz shaklidan voz kechiladi va Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi:
1-bosqichda – 2022-yil 1-martgacha quyidagilar joriy qilinadi:
➖ “Oʻquv jarayonini boshqarish” qismi (davomat, oʻzlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi);
➖ “Ilmiy jarayonni boshqarish” qismi;
➖ “Maʼmuriy jarayonni boshqarish” qismi;
➖ “Moliya-xoʻjalik faoliyatini boshqarish” qismi;
2-bosqichda – 2022-yil 1-maygacha:
“Taʼlim sifatini nazorat qilish” qismi joriy qilinadi.