Янгиликлар
Qonunchilikdagi yangiliklar
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari belgilandi
“Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ–62-son, 24.12.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritildi.
Agentlikning asosiy vazifalari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Qarorga koʻra, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tarkibiga oʻtkazildi.
Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi tashkil etildi.