Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Qonunchilikdagi yangiliklar


Tadbirkorlikni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini berganlik uchun yigʻim 80 foizga kamaytirildi

 

Vazirlar Mahkamasi qarori (774-son, 27.12.2021-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

 Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, advokatlik litsenziyasini olishga oid arizalar adliya organlari tomonidan 10 ish kunida koʻrib chiqiladi (ilgari 20 ish kuni edi).

 

 Vasiylik va homiylik qilishga toʻsqinlik qiluvchi jinoyatlarning aniq roʻyxati belgilandi (ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganlarning barchasiga cheklov mavjud edi).

 Endilikda tadbirkorlikni qayta roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji toʻlanmaydi.


 Tadbirkorlikni roʻyxatdan oʻtkazish uchun guvohnoma berganlik uchun BHMning 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi (ilgari BHMning 1 baravari miqdorida undirilgan).