Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

So'ragan edingiz


DAVLAT-UY JOY FONDINI XUSUSIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA

 

Adliyaga savol:

Davlat-uy joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot bersangiz. Davlat kup kavatli kvartiralarini xususiylashtirish mumkinmi?

 

Javob: Assalom aleykum! Hurmatli fuqaro.

 

“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonun 12-moddasiga muvofiq (https://www.lex.uz/acts/98430#:~:text=12-%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B4%D0%B0.,%D1%85%D1%83%D1%81%D1%83%D1...), quyidagilar xususiylashtirish obyektlari hisoblanadi:

a) fuqarolar ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);

b) qayta tiklash, taʼmirlanish ishlari tugallangan-ku, ammo odamlar koʻchib kirmagan va boʻshatilgan uylarning kvartiralari, bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);

v) yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.

 

Fuqaro davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) oʻz mulki qilib haqini toʻlab sotib olish (yoki bepul olish) uchun oʻzi istiqomat qilayotgan davlat uy-joy fondi tasarrufida boʻlgan tuman, shahar hokimiga, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga ariza beradi. Ariza uzogʻi bilan ikki oy muddat ichida qarab chiqiladi. Turar joylarni xususiylashtirish davlat uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Fuqarolarning alohida uy, kvartira va xonaga boʻlgan egalik huquqi turar joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va order olingan paytdan boshlanadi.

Turar joyning haqini toʻlab va tekinga xususiylashtirilayotgan fuqarolarga uy-joy egasining qarori asosida egalik huquqini beruvchi yagona shaklda belgilangan davlat orderi beriladi. Order xususiylashtirilgan uy-joy uchun qonuniy huquqni belgilovchi hujjat hisoblanib, texnika inventarizatsiyasi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.

 

Javob berdi: Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boʻlimi bosh maslahatchsi Sh.Sattarov