Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqiy aksiya


Toshkent viloyatida yashovchi fuqarolar diqqatiga

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi va Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning dekabr va 2022-yilning yanvar oyi yakuniga qadar tugʻilishi rasmiylashtirilmagan fuqarolarning tugʻilganlik faktini belgilash boʻyicha huquqiy aksiya oʻtkazilmoqda.

Shunga asosan, tugʻilishi rasmiylashtirilmagan fuqarolarning tugʻilganlik faktini belgilash boʻyicha masalalar yuzaga kelgan taqdirda Toshkent viloyatining tuman (shahar) adliya boʻlimlari va FHDYO boʻlimlariga ushbu aksiya doirasida murojaat qilishingiz mumkinligi maʼlum qilinadi.

 

Shu bilan birga, ushbu masaladagi murojaatlar Toshkent viloyati adliya boshqarmasining "Ishonch telefon"iga qoʻngʻiroq qilgan holda ham qoldirishingiz mumkinligi eslatib oʻtiladi.

 

Ishonch tel: 70-201-05-15