Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tayinlov




Adliya vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

 

Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

 

A. Muxammadiyev 1977-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001-yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

 

A. Muxammadiyev oʻz mehnat faoliyatini 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli masʼul lavozimlarida ishlagan.

 

2017-yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi jamoasi Muxammadiyev Aktam Zayniddinovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va uning kelgusi ishlarida, masʼuliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilaydi.