Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Aktam Zayniddinovichni kamgap va oʻychan inson sifatida taniganman. U minbarga oshiqmasdi, koʻproq oʻz muhitida, hujjatlar, qonunchilik sohasida qisqa va aniq takliflar bildirib qoʻyardi.


Aktam Zayniddinovichni kamgap va oʻychan inson sifatida taniganman. U minbarga oshiqmasdi, koʻproq oʻz muhitida, hujjatlar, qonunchilik sohasida qisqa va aniq takliflar bildirib qoʻyardi.

 

Bu inson boshchiligida viloyat adliya boshqarmasi tizimi va tashkilotlarining obroʻsi ancha koʻtarilgani ham fakt. Hokimlar qabul qilgan hujjatlarning huquqiy ekspertiza jarayonida adliya asosiy oʻrinda turadi.

 

Adliya haqida gapirganda, "qonunchilik oqsuyaklari" iborasi ishlatiladi. Chunki bu tashkilotda joriy qonun hujjatlarini chuqur biladigan, uning mohiyatini tushunadigan insonlargina ishlay oladi. Adliya – huquq nazariyasidan doimo oziqlanib, oʻz ishini shu asosda tashkil etishga majbur boʻlgan idoradir. Biron ezgu amaliy maqsadni koʻzlab, huquqni poymol qilishga yoʻl qoʻymaydigan, qonun tili bilan gaplashadigan "as"lar ishlaydigan idora.

 

Adliya organlari hujjatni huquqiy jihatdan amaldagi qonunchilikka muvofiqligiga baho beradi, prokuratura organlari esa keyinchalik uni nazorat qiladi. Bu jihatdan olganda, viloyat adliya boshqarmasi xodimlarining ish hajmini tasavvur qilishning oʻzi qiyin masala.

 

U Toshkent viloyati Adliya boshqarmasining Nurafshondagi yangi binosini qurilishi va tashkilot toʻliq tarkibda yangi markazga koʻchib kelishiga sababchi boʻldi. Yana bir fakt. Huquq-tartibot idoralari orasida Adliya boshqarmasi birinchi boʻlib toʻliq tarkibda viloyat markaziga koʻchib keldi.

 

Aktam Zayniddinovichning rahbarlik uslubi oʻziga xos. U xodimlari bilan masofani doim maromida saqlaydi. Jamoasini oʻz atrofida mahkam jipslashtira olgan. Umuman, viloyat adliya boshqarmasidagi muhit havas qilarli darajada.

 

Endilikda vazir oʻrinbosari lavozimida ishlayotgan bu inson viloyat jamoatchiligi orasida katta obroʻ qozondi. U doim qaysidir rahbar xato qilsa, avvaldan aytib, buning huquqiy oqibatlarini tushuntirib, yordam berishga intilganini, xatodan qaytarganini masʼul vazifada ishlayotgan rahbarlar koʻp-koʻp takrorlashadi. Holbuki, u payt poylab, keyinchalik chora koʻrishi, taqdimnoma kiritib oʻzini koʻrsatishi, ochko olishga intilishi ham mumkin edi.

 

Shuningdek, davlat rahbari boshchiligida adliya tizimi oʻzgardi. Nazorat funksiyasi kuchaytirildi. Tuman va shahar boʻlimlari tashkil etildi. Viloyatimizda tuman va shaharlar adliya boʻlimlarining tuzilishi, munosib kadrlarni shu vazifaga tayinlanishi, eng asosiysi, mahalliy ijro organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirib tashkil etilishi, oʻz oʻrnini topishida boshqarma boshligʻining katta xizmatlari boʻldi.

 

Futbolda bir gap bor. Yaxshi hakam oʻyinni buzmaydi, borligini har qadamda bilintirmaydi, uning maydonda borligini, qatʼiyati va adolatini oʻyinchilar his qiladi, hayiqib turadi, shuning oʻzi yetadi, deyishadi. Aktam akaning ish uslubi ham shu hakamga oʻxshaydi. U oʻzini koʻrsatishga, omma orasida oshkora balandparvoz chiqishlar qilishga intilmadi.

 

Aktam Muhammadiyevning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilayman! Bunday insonlar Oʻzbekistonning oltin fondi.

 

P.S. Aktam Zayniddinovich haqida oldin ham yozgan ekanman. Mana bu havolaga (https://t.me/oltin_voha/6633) kirib, avvalgi postni oʻqib koʻring, bu rahbar haqida kengroq bilib olasiz.