Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Qonunchilikdan yangiliklar


Xorijga chiqish biometrik pasportini “my.gov.uz” orqali olish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (5-son, 05.01.2022-y.) bilan Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

 

 Maʼmuriy reglamentga koʻra, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun fuqarolar arizani oʻz xohishiga koʻra quyidagilardan biriga berishi mumkin:

 

● IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga kelgan holda;

● davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda;

● Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali.

 

 Ariza berishda soʻrovnoma toʻldiriladi, soʻrovnomada xato maʼlumotlar koʻrsatilganda yoki hujjatlar toʻliq boʻlmaganida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni beriladi, xatolar bartaraf etilmasa soʻrovnoma rad etiladi.

 

 Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun 3 ish kunida davlat bojini toʻlaydi (https://lex.uz/docs/4680944) (BHMning 1 baravari – 270 ming soʻm, 16 yoshga toʻlmagan fuqarolarga BHMning 80 foizi – 216 ming soʻm).

 

 Ariza beruvchi arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tushish hamda qoʻl barmoq elektron izlarini olish uchun kelish kuni haqida 1 ish kunida xabardor qilinadi.

 

 Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kunida beriladi.