Янгиликлар
Bilasizmi
Tadbirkorlik yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollari (motokultivatorlar, oʻt oʻrish oʻroq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar)ni xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.
Bunda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ Vasiylik kengashi raisi nomiga ariza;
➖ tadbirkorlik subyekti guvohnomasi yoki oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod);
➖ asbob-uskuna, mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning markasi, taxminiy xarid narxi.