Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Davlat xizmatlari reglamenti


“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olganlarga kompyuter xaridi uchun isteʼmol krediti ajratish va uni kompensatsiya qilib berish tartibi

 

 Xizmat: “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravarigacha (6 mln 750 ming soʻmgacha) isteʼmol krediti ajratish va uning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish.

 

Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar (31 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarosi, Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxs, 16 yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili).

 

 Xizmatni koʻrsatish uchun kerak boʻladigan hujjatlar

 

 kompyuter sotib olish boʻyicha ikki tomonlama tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (pdf formatda);

 “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat (pdf formatda).

 

 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

 

 Ariza beruvchi tegishli sertifikat berilgan sanadan boshlab 60 kalendar kun mobaynida istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga sertifikatni ilova qilgan xolda murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.

 

 Yoshlar ishlari agentligi (vakolatli organ) ariza beruvchining murojaati YAIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.

 

 Vakolatli organ tomonidan ariza beruvchining maʼlumotlari toʻgʻri deb topilganda 2 ish kunida kredit foizlari toʻlovlarini kompensatsiya qilib berish toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.

 

 Maʼlumotnoma olingandan soʻng tegishli bank (AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank”, “Mikrokreditbank” ATB ) filiallari oʻzlarining ichki hujjatlarida belgilangan muddatda kredit ajratish masalasini koʻrib chiqadi.

 

 Kredit boʻyicha foiz toʻlovlarini toʻlash uchun zaruriy summalar har oyning 25-sanasigacha Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkazib boriladi.

 

 Xizmatni koʻrsatish muddati: 3 ish kunida (qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda 5 ish kunida)

 

 Xizmat narxi: Bepul

 

 Huquqiy asos: Hukumat qarori (https://lex.uz/docs/5668176#5672121) (617-son, 04.10.2021-y.)