Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qonunchilikdan yangiliklar


Ayrim aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari birja orqali sotiladi

 

“Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–90-son, 17.01.2022-y.) qabul qilindi.

 

 Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha:

 

 Oʻzbekiston rezidenti va norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad soligʻidan ozod qilinadi;

 

 norezident yuridik shaxslarning aksiyalar boʻyicha dividendlari uchun foyda soligʻining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi;

 

 rezident va norezident jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha daromadlari daromad soligʻi va foyda soligʻidan ozod qilinadi.

 

 Qarorga muqofiq, bir qator aksiyadorlik jamiyatlari birja orqali sotiladi.