Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Bilasizmi


Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.

 

Qonunchilikka (https://lex.uz/docs/142859) koʻra, xodim oʻz roziligi bilan ish vaqtidan tashqari surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan (mehnat sharoiti ogʻir va zararli ishlarda — 1 kunda 2 soatdan) va yiliga 120 soatdan ortiq ishlashi mumkin emas.

 

Masalan, agar xodim birinchi kuni 4 soat ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilingan boʻlsa, ertasi kuni hatto uning roziligi boʻlgan taqdirda ham uni bunday ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

 

Ish smenasi 12 soat boʻlganda, shuningdek mehnat sharoiti oʻta ogʻir va oʻta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga, xodimning roziligi boʻlgan taqdirda ham yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Shuningdek, xodimni surunkasiga 2 smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi.