Янгиликлар
19
Bilasizmi
Hozirgi kunda O‘zbekistonda jami 5 ta “daftar” bor.
1. “Ayollar daftari” ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi
(“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib https://lex.uz/docs/-5398681#-5405805 )
“Ayollar daftari” yuritilishi bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul hisoblanadi.
2. “Yoshlar daftari” ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi (yoshlar - 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar)
(“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib https://lex.uz/docs/-5398681#-5406543 )
“Yoshlar daftari” yuritilishi bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi mas’ul hisoblanadi.
3. “Temir daftar” ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda sektor rahbarlari tomonidan alohida nazoratga olingan oilalarni qayd etish, muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi
(“Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib https://lex.uz/docs/-5398681#-5400025)
“Temir daftar”ning yuritilishi bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul hisoblanadi.
4. “Oltin daftar” O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega vatandoshlarimizni o‘z ichiga olgan.
Vatandosh — O‘zbekistonda tug‘ilib, xorijga chiqib ketgan va xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan, Vataniga ma’naviy va madaniy daxldorlik tuyg‘usini saqlab qolgan hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan do‘stona madaniy-gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirishga intiladigan shaxs, shuningdek, etnik va til bo‘yicha mansubligiga ko‘ra xamda madaniy-tarixiy nuqtai nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq deb hisoblaydigan va O‘zbekiston bilan har tomonlama aloqani qo‘llab-quvvatlashni istaydigan xorijda yashovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son qaroriga 1-ilova https://lex.uz/docs/-4251564).
5. “Mehr daftari” yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qarori).
“Mehr daftari” tizimiga kiritishning axborot tizimidan foydalanish va ma’lumotlarni kiritish tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi. 2022 yil 1 fevralgacha mazkur axborot tizimi amaliyotga joriy etiladi.
O‘quv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish sho’balari “Mehr daftari”ni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi.