Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Bilasizmi


Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun shaxslar ariza bilan istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi (https://lex.uz/docs/4774086).

 

 Anketa-ariza elektron tarzda toʻldiriladi va unga quyidagilar elektron tarzda ilova qilinadi yoki maʼlumotlar taqdim etiladi:

 

● jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari;

● oila aʼzolarining (jismoniy shaxsning) shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (toʻliq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tugʻilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar bor boʻlgan taqdirda) nusxalari;

● belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi toʻgʻrisida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati toʻgʻrisida FHDYO arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);

● doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa);

● doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa);

● ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (qoʻshimcha daromadlar boʻlsa soliq deklaratsiyasi).

 

Yuqoridagilardan tashqari maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

 

 Shuningdek, subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” AT orqali olish mumkin boʻlgan hujjatlarni (maʼlumotlarni) talab qilish man etiladi.

 

 Bundan tashqari, mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizani uning oila aʼzolari berishi mumkin.

 

 Xizmatlar ariza beruvchilarga bepul amalga oshiriladi.