Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Soʻragan_edingiz


Ish haqi saqlanmagan holda beriladigan taʼtil pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish stajiga qoʻshiladimi?

 

https://t.me/mehnathuquqi javobi :

 

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasiga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, agar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa, ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Demak, ish haqi saqlanmagan holda beriladigan taʼtilning davri pensiya stajiga hisobga olinmaydi.

 

Biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 28-martda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 3227-son Nizomga koʻra, karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim muassasalarining faoliyati toʻxtatilganda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim muassasalari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ota-onalariga ish beruvchi xodimga arizasida koʻrsatilgan sanadan boshlab toʻliq muddatga ish haqi saqlanmagan holda beriladigan taʼtil berishga majbur. Ushbu mehnat taʼtiliga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasi birinchi qismida belgilangan maksimal muddat boʻyicha cheklovlar karantin davrida tatbiq qilinmaydi.

 

Bunda, ushbu mehnat taʼtilining muddati maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim muassasalarining faoliyati toʻxtashi muddatidan oshmasligi kerak. Mazkur mehnat taʼtili uning muddatidan qatʼi nazar xodimning ish stajiga kiradi.

 

Manba: Mehnat huquqi telegram kanali