Янгиликлар
Bilasizmi
Qonunchilikka (https://www.lex.uz/docs/5013007#5013851) muvofiq tegishli maʼlumoti, kasbiy tayyorgarligi boʻlgan va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar oʻz mutaxassisligi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Pedagogik oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganidan keyin taʼlim tashkilotlarida (bundan oliy taʼlim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmasdan professional taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga haqli.
Zarurat boʻlganda professional taʼlim tashkilotlari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oliy maʼlumoti boʻlmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qoʻshimcha mashgʻulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.