Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya_xabari


Qonunchilikka koʻra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar oʻtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

 

Hisobotlarni topshirish muddati tugashiga 3 kun qoldi.

 

 Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

 Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun - havola (https://lex.uz/uz/docs/3796969).

 Diniy tashkilotlar uchun - havola (https://lex.uz/docs/4089832).

 

 Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan. Hisobotni elektron shaklda, oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etish soʻraladi.

 

 Eslatma: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 239-moddasiga (https://lex.uz/docs/97664#:~:text=239-%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B4%D0%B0.%20%D0%9D%D0%BE%D0%B4%D0%B0%D0%...) asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, oʻz vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, oʻz faoliyati toʻgʻrisida bila turib notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etishi 4 mln.dan 8 mln soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

 Qoʻshimcha savollar uchun telefon raqamlari:

 

● Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 94-368-99-44

● Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi – 91-306-45-54

● Andijon viloyat adliya boshqarmasi – 97-742-86-88

● Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – 93-542-85-55

● Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – 97-350-57-27

● Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – 91-637-05-94

● Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – 90-788-78-76

● Namangan viloyat adliya boshqarmasi – 91-358-38-90

● Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – 97-615-70-20

● Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – 97-277-92-90

● Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – 99-193-07-55

● Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi – 91-109-13-32

● Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – 99-501-01-07

● Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – 97-420-33-00

● Toshkent shahar adliya boshqarmasi – 90-323-52-57