Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Bilasizmi


Ota-onalar oʻz farzandlarini oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng bir sinfdan boshqa sinfga oʻtkazish huquqiga (http://lex.uz/docs/2678463#2678533) ega.

 

 Bunda ota-onalar farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish sabablarini koʻrsatib maktab direktori nomiga ariza beradi.

 

 Direktor arizani olgan kundan bir ish kunida koʻrib chiqadi va oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.

 

 Sinfdagi oʻquvchilar soni meʼyordan (35 nafar) ortiq boʻlganda, direktor oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazishni rad qilishi mumkin.

 

 Rad etish haqida direktor uch kunda ota-onalarga yozma ravishda maʼlum qilishi kerak.

 

 Direktorning oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, 3 kunda sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.