Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

BILASIZMI


Haydovchilar yoʻl-transport hodisalari boʻyicha IIB xodimlarisiz hodisa toʻgʻrisidagi xabarnomani tuzishi mumkin

 

Xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning oʻzida quyidagilar asos boʻladi (https://lex.uz/docs/5662889):

 

- jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;

- ishtirokchilardan biri oʻz aybiga iqror boʻlganida;

- hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;

- hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida boʻlganida;

- ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan boʻlsa;

- haydovchilik guvohnomasi, roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, ishonchnoma, yoʻl varaqasi mavjudligi;

- haydovchilar mast boʻlmasa;

- transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.

 

Xabarnoma hodisa sodir boʻlgan joyda darhol ikki nusxada tuziladi.

 

Xabarnoma quyidagi hujjatlar bilan 3 ish kunida yuboriladi:

 

- hodisa joyining, transportlarning fotosurati;

- haydovchilarning sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish toʻgʻrisidagi arizalari;

- haydovchilarning mastligini aniqlash toʻgʻrisidagi bayonnoma;

- haydovchilarning hujjatlari, roʻyxatdan oʻtkazilganlik haqidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalari, sugʻurta polisining koʻchirma nusxalari.