Янгиликлар
Qonunchilokdan yangiliklar
2024-yilgi Olimpiyada sovrindorlari uchun pul mukofotlari belgilandi
“Oʻzbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–127, 14.02.2022-y.) imzolandi.
- Qarorga koʻra, 2024-yil Parij shahrida boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:
1. oltin medal uchun – 200 000 AQSH dollari;
2. kumush medal uchun – 100 000 AQSH dollari;
3. bronza medal uchun – 50 000 AQSH dollari.
❕Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonida respublikada oʻtkazilayotgan sport musobaqalari, oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoa aʼzolarining ishtirokini taʼminlash uchun viloyatlararo yoʻnalishlar boʻyicha (temir yoʻl va aviachipta) transport xarajatlariga 2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-sentyabrgacha chegirmalar joriy etiladi.