Янгиликлар
BILASIZMI “Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!
“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!
Soʻngi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. Buning sababi oʻrganilganda, tashrif buyuruvchilar orasida haydovchilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almashtirish muddati joriy yilning 1-martiga qadar ekanligi hamda shundan keyin haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak boʻladi, degan notoʻgʻri maʼlumot tarqalganligi bilan bogʻliq ekanligi aniqlandi.
Aziz haydovchilar!
Bu maʼlumot mutlaqo oʻrinsiz!
Aholiga qulay boʻlishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.
Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
● 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
● 2010–2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
● 2013–2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;
● 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.