Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Qonunchilokdan yangiliklar


Moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot toʻlanadi

 

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–128-son, 14.02.2022-y.) qabul qilindi

 

    Qaror bilan Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi.

 

    2023-yil 1-yanvargacha “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi toʻliq ishga tushiriladi.

 

   Inspeksiyada byudjet hisobidan amalga oshirilgan qurilishlar uchun qilingan toʻlovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat oʻrnatish uchun Qurilish obyektlarida nazorat oʻlchovini amalga oshirish boshqarmasi (40 ta shtat birligidan iborat) tashkil etiladi.

 

    2022-yil 1-apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot toʻlanadi.

 

    2022-yil 1-noyabrgacha Inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus oʻquv kurslarida oʻqitiladi.

 

    a 2022-yil 1-noyabrdan Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.