Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qonunchilokdan yangiliklar


Madaniy meros agentligining koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–754, 15.02.2022-y.) bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish:

 

● takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

● koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;

● bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanishi mumkin.

 

Oʻsha harakatlar juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

 

Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik:

 

fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming soʻmgacha);

mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha (1 mln 350 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.