Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qonunchilokdan yangiliklar


Qonun (OʻRQ–753-son, 15.02.2022-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat chegarasi rejimini buzib oʻtganda (224-1-modda) qoʻllanilgan jarimani toʻlamasa, Oʻzbekiston hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuboriladi.

 

Ilgari jarima toʻlashidan qatʼi nazar Oʻzbekistondan chiqarib yuborilgan.

 

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilganda keyinchalik Oʻzbekistonga kirish huquqi cheklanish muddatini qoʻllashga aniqlik kiritildi.

 

Shunga koʻra, davlat chegarasi rejimini birinchi marta buzib oʻtganda 1 yil muddat, ikkinchi marta sodir etilganda 3 yil muddat Oʻzbekistonga kirish huquqi cheklanadi.

 

Qonun bilan shuningdek, quyidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari koʻrib chiqishi belgilandi:

 

chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish (224-modda);

Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimni buzish (224-1-modda 1-qismi).

 

Eslatib oʻtamiz, maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan qoʻllaniladi.