Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qonunchilokdan yangiliklar Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test natijalari 1 haftada eʼlon qilinadi


Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test natijalari 1 haftada eʼlon qilinadi

 

Hukumat qarori (73-son, 16.02.2022-y.) bilan Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) Qarorga koʻra, 2022-yil 1-martdan:

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki maʼlumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish boʻyicha murojaatlar YAIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi;

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) talabgordan 3,5 x 4,5 sm fotosurat va davlat xizmati uchun toʻlovni tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilish bekor qilinadi;

 

- imtihon oʻtkaziladigan kunlar DTM saytida eʼlon qilinadi va talabgorga imtihon kunini mustaqil tanlash huquqi beriladi;

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) test natijalarini eʼlon qilish muddati 3 haftadan 1 haftagacha qisqartiriladi;

 

- malaka sertifikati yoki maʼlumotnoma natija eʼlon qilingan kundan boshlab 1 ish kunida talabgorga yuboriladi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) Amaldagi har bir daraja (A2, V1, V2, S1) uchun alohida imtihon topshirish tartibiga qoʻshimcha umumlashtirilgan koʻp darajali (Multi-level) test tizimi (V1, V2, S1) joriy qilinadi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) Multi-level test tizimi 2022-yil 1-martdan – ingliz tili uchun, 2022-yil 1-noyabrdan – nemis, fransuz va arab tillari uchun joriy etiladi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot)Reglamentga muvofiq, chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishda talabgor soʻrovnomani mustaqil ravishda YAIDXP orqali toʻldiradi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) Soʻrovnoma YAIDXP orqali avtomatik tarzda DTM (vakolatli organ)ga yuboriladi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) DTM talabgorlarni malaka imtihonini oʻtkazish joyi va aniq vaqti toʻgʻrisida imtihon sanasidan 3 kun oldin xabardor qiladi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va gapirish koʻnikmasini baholash yoʻli bilan aniqlanadi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) Malaka imtihoni qogʻozlarda yoki kompyuterda oʻtkazilishi mumkin.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) Imtihon topshirishda talabgor pasport, ID-karta yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning aslini taqdim etadi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot) Malaka imtihonining har bir daraja uchun oʻtkaziladigan test sinovi:

 

● “tinglab tushunish”, “oʻqish” boʻlimlarining har biri 30 ta savoldan;

● “yozma ish” boʻlimi 2 ta yozma topshiriqdan (darajaga bogʻliq holda birinchi topshiriq – 30-150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq – 50-250 ta soʻzdan);

● “gapirish” boʻlimi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat boʻladi.

 

- (https://t.me/huquqiyaxborot)Reglament 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.