Янгиликлар
Adliya xabari
Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha umummilliy imtihonga roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” deb eʼlon qilingan (https://t.me/huquqiyaxborot/11106).
Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon oʻtkaziladi.
Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida roʻyxatdan oʻting.
Tanlov shartlari bilan bu yerda (https://telegra.ph/Hotin-%D2%9Bizlarning-izhtimoij-faolligi-va-%D2%B3u%D2%9Bu%D2%9Bij-savodhonligini...) batafsil tanishing.
Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
● 1-oʻrin – televizor;
● 2-oʻrin – oshxona kombayni;
● 3-oʻrin – multivarka.
Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan oʻtkazing va sovrinlarni qoʻlga kiriting!