Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Qonunchilokdan yangiliklar


Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

 

Hukumat qarori (81-son, 21.02.2022-y.) bilan Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibitoʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga koʻra, tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga 2026-yil 1-yanvargacha omborxonalarni jihozlash xarajatlarining 30 foizi, biroq 150 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya beriladi.

 

Bunda talabgorlar har yili 1-aprelgacha YAIDXP (my.gov.uz) yoki “Agrosubsidiya” AT orqali elektron ariza taqdim etadi.

 

Arizaga kooperatsiya asosida ish tashkil etilganligini tasdiqlovchi tuman fermerlar kengashi va tuman hokimi yordamchisi tavsiyanomasi ilova qilinadi.

 

Tuman fermerlar kengashi moliya boʻlimi bilan birga 5 ish kunida ariza va hujjatlarning haqqoniyligini, talabgorlarning moliyaviy holatini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.

 

Har yili 15-aprelgacha talabgorlarning manzilli roʻyxati shakllantirilib, respublika ishchi guruhiga taqdim qilinadi.

 

Har yili 20-aprelgacha subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi respublika ishchi guruhi hududlar va tumanlar kesimidagi manzilli roʻyxatni tahlil qilib, umumlashtiradi.

 

Subsidiya obyekti xarid qilingandan soʻng manzilli roʻyxatga kiritilgan talabgorlar subsidiya olish boʻyicha arizani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda YAIDXP yoki “Agrosubsidiya” AT orqali elektron shaklda yuboradi.

 

Ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida talabgorlarning subsidiya obyekti joyiga chiqib oʻrganilib, xulosa rasmiylashtiriladi.

 

Talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalar va maʼlumotlar 3 ish kunida respublika ishchi guruhiga taqdim etiladi.

 

Soʻngra respublika ishchi guruhi:

 

5 ish kunida xulosa va maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi. Zaruratga koʻra talabgorlarning takliflarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi;

3 ish kunida subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarni rasmiylashtiradi.

 

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi xulosa kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kunida talabgorlar bilan shartnoma tuzadi.

 

Shartnoma imzolangandan 3 ish kunida subsidiya talabgorlarning bankdagi asosiy hisobvaraqlariga “UzASBO” dasturiy majmui orqali oʻtkazib beriladi.