Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliya xabari


Adliya bo'limi aralashuvi bilan xodimlarning 980 327 000 so'm oylik ish haqlari to'lanishiga erishildi. 

Chirchiq shahar adliya bo'limi tomonidan o'tkazilgan monitoring davomida Chirchiq shahar "Issiqlik energiyasi" ICHK tomonidan xodimlarning ish haqlari o'z vaqtida to'lanmaganlik holatlari aniqlandi.

Shunga ko'ra, shahar adliya bo'limi tomonidan oylik ish haqlarining to'lanishi yuzasidan qanun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi  taqdimnoma kiritildi.

Natijada, taqdimnomaga asosan xodimlarning 980 327 000 so'm miqdoridagi ish haqlari to'lanishiga erishildi.