Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

BILASIZMI


Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yoʻqotiladi:

 

a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;

 

b) agar yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan boʻlsa;

 

v) agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan boʻlsa;

 

g) agar shaxs chet davlatning foydasini koʻzlab faoliyat koʻrsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yoʻli bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazgan boʻlsa;

 

d) agar ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan boʻlsa;

 

ye) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan boʻlsa va yigirma bir yoshga toʻlguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan boʻlsa.

 

АСОС:https://lex.uz/docs/4761984#:~:text=25-%D0%BC%D0%BE%D0%B4%D0%B4%D0%B0.%20%D0%8E%D0%B7%D0%B1%D0%B5%D0....