Янгиликлар
26
Qonunchilokdan yangiliklar
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–142-son, 25.02.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston hamda Pokiston Hukumatlari oʻrtasida tranzit savdosi toʻgʻrisidagi bitim (2021-yil 15-iyulda Toshkent shahrida imzolangan) tasdiqlandi.
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.