Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Qonunchilokdan yangiliklar


Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga subsidiyalar beriladi.

 

“Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–144-son, 01.03.2022-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2022-yilda 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

 

Shunga koʻra, 2022-yil yakunigacha respublika boʻyicha kamida:

 

230 ming gektar, shu jumladan, 160 ming gektar paxta yetishtiriladigan maydonlarda tomchilatib sugʻorish;

28 ming gektar, shu jumladan, 25 ming gektar boshoqli don yetishtiriladigan maydonlarda yomgʻirlatib sugʻorish;

2 ming gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida diskretli sugʻorish tizimlari joriy qilinadi;

218 ming gektar ekin maydonlari lazerli uskuna yordamida tekislanadi.

 

Qarorga muvofiq, 2022-yildan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun, jumladan, tomchilatib sugʻoriladigan ekin maydonining har bir gektariga quyidagi miqdorda subsidiyalar beriladi:

 

paxta maydonlari uchun – 8 mln soʻm (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun 12 mln soʻm);

sabzavot ekinlari va kartoshka ekin maydonlari uchun – 1,5 mln soʻm;

poliz ekinlari maydonlari uchun – 1,3 mln soʻm;

ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar uchun – 2,5 mln soʻm;

mevali ekinlar uchun – 6 mln soʻm;

uzum maydonlari uchun – 8 mln soʻm.

 

Subsidiya mablagʻlari, hisob-kitob qilingan summaning:

 

50 foizi tizim joriy qilingan yili ajratiladi;

50 foizi kelgusi yili hosildorlik oshishi va uskunalarning ishlatilishiga qarab ajratiladi;

qoʻshimcha 20 foizi uchinchi yilda joriy qilingan tizimni ishlatgan holda yuqori hosildorlikni saqlab qolgan paxta, gʻalla va meva-sabzavot klasterlariga toʻlab beriladi.

 

Subsidiya mablagʻlari joriy qilingan suvni tejaydigan sugʻorish tizimlari kamida 5 yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi.

 

Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5 yil mobaynida maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablagʻlarning oʻrni toʻliq qoplanganidan soʻnggina ruxsat etiladi.

 

2022-yilda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash uchun respublika byudjetidan 1 182,4 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

 

Qarorga koʻra, “Tomchi-reestr” pudrat korxonalarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.

 

2022-yil 10-martgacha suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish yuzasidan tegishli materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organ va tashkilotlar bilan kelishishning “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi joriy qilinadi.