Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Qonunchilokdan yangiliklar


Istalgan avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni olish mumkin

 

Hukumat qarori (106-son, 09.03.2022-y.) bilan “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

 

1. (https://t.me/huquqiyaxborot) Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maydan:

 

-  (https://t.me/huquqiyaxborot) “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YAIDXP (my.gov.uz) yoki veb-saytlar va ularning ilovalari orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyiladi;

 

-  (https://t.me/huquqiyaxborot) avtotransportni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida avtotransportning bosib oʻtgan masofasi haqidagi maʼlumotlar, jumladan, texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tadbirkorlar tomonidan ham majburiy tartibda axborot tizimiga kiritiladi.

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) “Avtomobil tarixi” maʼlumotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

▫️avtotransportning agregat maʼlumotlari;

▫️bosib oʻtgan masofasi;

▫️shartnoma tuzilganligiga oid maʼlumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya);

▫️yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi;

▫️qoidabuzarliklar holati;

▫️ (https://t.me/huquqiyaxborot)garovga qoʻyilganlik holati;

▫️ (https://t.me/huquqiyaxborot)taqiq borligi yoki yoʻqligi;

▫️ (https://t.me/huquqiyaxborot)bojxona rasmiylashtiruviga oid maʼlumot;

▫️ (https://t.me/huquqiyaxborot)litsenziya olinganlik holati (yoʻlovchi tashish uchun).

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiriladi (DXM, YAIDXP, veb-sayt yoki ilova orqali).

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Davlat xizmati uchun BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot)Maʼlumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi.

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi (avtotransport mulkdori tomonidan oʻz “Avtomobil tarixi”ni bilish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno).

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot) Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega hujjat hisoblanadi.

 

 (https://t.me/huquqiyaxborot)Ariza beruvchilar Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan istalgan avtomobil haqida maʼlumot olishi mumkin.