Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Qonunchilokdan yangiliklar


Ayrim bogʻchalarga bolani 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi

 

 Farmonga (https://t.me/toshkentviladliya/3108) muvofiq, xotin-qizlarga dizayn, toʻqimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori boʻlgan boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim beradigan alohida universitet ochiladi.

 

 Har yili mart oyida amaliy innovatsion loyihalar boʻyicha “Olima ayol” tanlovi oʻtkazib boriladi.

 

 Qoʻmita huzurida “Olima ayollar jamiyati” tuziladi va unga xotin-qizlarni amalda qoʻllab-quvvatlash va yanada ragʻbatlantirish uchun 50 milliard soʻm ajratiladi.

 

Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash maqsadida 2023-yildan har yili nodavlat tashkilotlarga BHMning 7 ming baravari miqdorigacha grantlar ajratiladi.

 

 Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha alohida oʻquv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlar oʻqitiladi.

 

2024-yil 1-yanvargacha barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustavida davlat ulushi 50 foiz va undan koʻp boʻlgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar oʻrinbosari xotin-qizlar orasidan tayinlanadi.

 

 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022-yilda qoʻshimcha 1 trillion soʻm ajratiladi.

 

 2022-yil 1-apreldan:

 

 tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million soʻmdan 10 million soʻmga oshiriladi;

 “Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.

 2022-yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yoʻnaltiriladi;

 Ijarada turgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara toʻlovining 50 foizi, koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha kompensatsiya beriladi.

 

 2022-yil 1-apreldan:

 

boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning:

 farzandlari davlat bogʻchalariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;

 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bogʻchalarga byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.

 

 toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bogʻchalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;

 

 kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar oʻz huzurida bogʻcha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi byudjetdan qoplab beriladi.