Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Qonunchilokdan yangiliklar


“Ibratli oila” koʻkrak nishoni taʼsis etildi

 

 Farmonga (https://t.me/toshkentviladliya/3108) koʻra, aliment toʻlovchining boshqa qarzdorligi boʻlganda, qarzdordan undirilgan mablagʻlar aliment toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik toʻliq qoplangandan soʻng boshqa qarzlariga oʻtkaziladi.

 

 Aliment toʻlashdan boʻyin tovlayotgan va qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar MIBning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi va davlat OAVlarida tarqatiladi.

 

 Quyidagilarni belgilovchi qonun ishlab chiqiladi:

 

 aliment boʻyicha qarzdorlik bartaraf etilgunigacha:

 qarzdorning transportini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash;

 qarzdorga litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan davlat xizmatlarini vaqtincha koʻrsatmaslik;

 aliment boʻyicha qarzdorlik mavjudligi nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilanadi.

 

MIB huzurida “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etiladi va unga 50 milliard soʻm ajratiladi.

 

 Aliment toʻlovchidan 3 oyda aliment undirish imkoni boʻlmaganda jamgʻarmadan aliment toʻlovlari toʻlab beriladi hamda keyinchalik qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.

 

Farmonga koʻra, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalar uchun “Ibratli oila” koʻkrak nishoni taʼsis etildi hamda u 15-may – Xalqaro oilalar kunida topshiriladi.