Янгиликлар
BILASIZMI
Xususiy tibbiyot muassasalari tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanishi mumkin (https://lex.uz/docs/4588944).
Bunda, mazkur tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanish faqat Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlay oladigan tugʻruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugʻilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika, bakteriologik va klinik-biokimyo laboratoriyalari hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud boʻlgan muassasalarga ruxsat etiladi.