Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qonunchilokdan yangiliklar


“Yosh vatandoshlar reestri” ishga tushiriladi

 

“Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarga zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (101-son, 07.03.2022-y.) qabul qilindi

 

 Qarorga muvofiq, 2022-yil iyundan xorijdagi nufuzli OTMda oʻqiyotgan, yetakchi kompaniyalarda ishlayotgan Oʻzbekiston yoshlari (yosh vatandoshlar)ga vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:

 

 yosh vatandoshlar faoliyati davomida xizmat turar joylari bilan taʼminlanadi;

 davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil ishlagan yosh vatandoshlarga uy-joy uchun ipoteka kreditining dastlabki badali va foizlarning bir qismini qoplashga subsidiya beriladi.

 

 2022-yil 1-iyungacha “Yosh vatandoshlar reestri” elektron tizimi ishga tushirilib, mazkur tizim xorijdagi vatandosh olimlar, ekspertlar va tadqiqotchilar ochiq roʻyxatdan oʻtadigan platformaga integratsiya qilinadi.

 

 Har yili 1-martgacha davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi malakali yosh mutaxassislar va yosh vatandoshlarni kelgusida yuqori lavozimga tayinlash boʻyicha asoslangan takliflarni Yoshlar ishlari agentligiga beradi.

 

 Agentlik 1-aprelgacha takliflarni oʻrganib Prezident Administratsiyasiga tavsiya kiritadi.