Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Qonunchilokdan yangiliklar


Soliq nazorati videotasvirga olinadi va soliq toʻlovchiga taqdim etiladi



“Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–758, 11.03.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

 Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritildi.

 Unga koʻra, soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik hamda soliq va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan holda yuridik shaxsning rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorning maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga asos boʻladi.

 Shuningdek, tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablagʻlari bilan yoki plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitob shakliga qarab, ularning narxlarini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish BHMning 30 baravari (8 mln 100 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 Qonun bilan Soliq kodeksiga soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.

 Unga koʻra, Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.

 Videotasvirni yozib olish toʻxtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir materiallarining koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid tadbir tugagach taqdim etiladi.

 Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarga majburiy tartibda jalb etiladi.