Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

BILASIZMI


Uy-joy uchun subsidiya olish tartibi (https://lex.uz/uz/docs/4774086) haqida 5 savolga 5 javob

 

Subsidiya kimlarga beriladi?

 

 Subsidiya olish maqsadida ariza bilan 18 yoshga toʻlgan fuqarolar murojaat qilishi mumkin.

 

 Subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar (https://lex.uz/uz/docs/4774086#5632877) asosida beriladi.

 

 Daromadi yuqori boʻlmagan oila deb esa quyidagilar eʼtirof etiladi:

 

● Qishloqlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 soʻmgacha);

 

● Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming soʻmgacha);

 

● Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 soʻmgacha) boʻlgan oilalar.

 

Ipoteka kreditining eng koʻp miqdori qancha?

 

 2022-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori:

 

➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – 327 mln 250 ming soʻm;

➖Toshkent shahrida – 416 mln 500 ming soʻm.

 

Ipoteka kreditining foiz stavkasi qancha va uning qancha miqdori qoplab beriladi?

 

 Ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida ajratiladi.

 

 Subsidiyalar:

 

➖kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qatʼi nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – 32 million soʻm;

➖kredit boʻyicha foizning bir qismini qoplash uchun – birinchi 5 yilda 10 foizdan oshgan qismiga toʻlanadi.

 

Subsidiya olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

 

 Subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) roʻyxatdan oʻtish kerak.

 

Qanday hujjatlar talab qilinadi?

 

➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari;

➖oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari va nikoh guvohnomasi, farzandlar tugʻilganligi haqidagi guvohnomalar nusxalari (mavjud boʻlganda);

➖nikoh bekor qilinganligiga oid hujjatlar yoki oilaviy holati toʻgʻrisida FHDYO organlari arxividan maʼlumotnoma;

doimiy roʻyxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar;

➖doimiy yashash joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʻyicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi;

➖ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.