Янгиликлар
Adliya xabari

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi oʻtkaziladi.
Huquqiy aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlari boʻyicha maʼlumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;
audio-video podkastlar tashkil qilish;
soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn soʻrovlar oʻtkazish;
soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi boʻyicha soʻrov yoʻli bilan monitoring oʻtkazish;
sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish;
murojaatlarni oʻrganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha amaliy choralar koʻrish;
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.