Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qonunchilokdan yangiliklar


Xodim pensiya yoshiga yetishi munosabati bilan uni ish beruvchi tomonidan boʻshatish taqiqlanadi

 

“Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–167-son, 15.03.2022-y.) qabul qilindi

 

 Qarorga muvofiq, “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyilini qaror toptirishdagi tashabbuskor nuroniylar moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanadi.

 

 Xodimning pensiya yoshiga toʻlganligi uchun mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

 

 2022-yil 1-apreldan:

 

➖oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtiriladi;

 

➖sharoiti ogʻir va kam taʼminlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

 

➖ogʻir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi;

 

➖keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi;

 

➖davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari toʻliq qoplab beriladi.

 

 2022-yil 1-sentyabrgacha keksalarga oid maʼlumot va yangiliklar ularning mobil telefon raqamlariga SMS orqali maʼlum qilib boriladi.

 

Mamlakatimizda faol qarish indeksi joriy etiladi.