Янгиликлар
BILASIZMI

Oʻgʻrilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi (https://lex.uz/docs/111453#263768)mumkin.
▪️ Talonchilik, yaʼni oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi (https://lex.uz/docs/111453#262725)mumkin.
▪️Bosqinchilik, yaʼni oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib yoki shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi (https://lex.uz/docs/111453#262685)mumkin.