Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya xabari



Bugungi kunda internet tarmogʻida oson pul topish aldovi bilan turli “moliyaviy piramida”lar avj olmoqda.

 

 “Moliyaviy piramida” hech qanday ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonasi emas, uning daromadlari boshqa ishtirokchilar qoʻshgan hissaga toʻgʻri keladi va piramida choʻqqisida turgan shaxs manfaatlariga xizmat qiladi.

 

▪️“Moliyaviy piramida”ga pul tikkan millionlab fuqarolar oʻz pullarini, mol-mulkini yoʻqotadi. Piramida boshliqlari esa javobgarlikka tortiladi.

 

 “Moliyaviy piramida” uchun jinoiy javobgarlik belgilangan boʻlib, unga koʻra pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat, yaʼni “moliyaviy piramida” tashkil qilish, unga rahbarlik qilish, reklama qilish ogʻirlashtiruvchi holatlarda 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (https://lex.uz/docs/111453).

 

Oʻz mablagʻlaringizdan unumli foydalaning, firibgarlar tuzogʻiga aldanib qolmang!