Янгиликлар
BILASIZMI
Yoʻlovchilar transport vositasiga faqat u toʻla toʻxtagandan soʻng trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.
(https://lex.uz/docs/2850459) Buning iloji boʻlmagan hollarda, agar bu harakat xavf tugʻdirmasa yoki boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, yoʻlning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Yoʻlovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
▪️transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish va unga xalaqit berish;
▪️harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida oʻtirish;
▪️transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;
▪️transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish.