Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qonunchilokdan yangiliklar


Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmaydi

 

“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-91-son, 24.03.2022-y.) qabul qilindi

 

 Farmonga koʻra, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.

 

Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi.

 

 Shuningdek, dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022-yil 1-martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi.