Янгиликлар
BILASIZMI
Oʻzboshimchalik – “oʻzicha sudlash” (samosud) fuqarolarga BHMning uchdan bir qismidan bir baravarigacha (270 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 1 baravaridan 3 baravarigacha (810 ming soʻmgacha) miqdorda jarima (https://lex.uz/docs/97664) solishga sabab boʻladi.
Xuddi shu harakatlar koʻp miqdorda zarar (BHMning 300-500 baravarigacha) yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, mazkur qilmish jinoyat hisoblanib, BHMning 50 baravarigacha (13 mln 500 ming soʻmgacha) jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi (https://lex.uz/docs/111453).
Bundan tashqari, ushbu qilmishni sodir etgan shaxs samosud oqibatida vujudga keladigan jinoyatlar (tan jarohati yetkazish, oʻzini oʻldirish darajasiga yetkazish, qasddan odam oʻldirish va h.k.)ning har biri uchun alohida javobgarlikka tortiladi.